Samarqandlik bolalar Xudoyberdi To‘xtaboyev xonadonida bo‘ldi

Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi bolalari uchun Toshkentga sayohat uyushtirildi.
- Homiylar ko‘magida 15 nafar ko‘zi ojiz o‘quvchilarimni sayohatga olib bordim, - dedi tarbiyachi, xalq ta’limi a’lochisi Oysahat Xoliqova. – Ular O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lishdi. Toshkent sitining go‘zal binolari, istirohat bog‘larini aylandi. Asosiysi, Xudoyberdi To‘xtaboyevning xonadonida bo‘ldik. Ustoz bilan suhbat qurdik. Bolalar ulkan taassurotlar bilan sayohatdan qaytdi. Ularni ozgina xursand qilganimizdan benihoya quvondik.
Oysahat opa bolalarni juda yaxshi ko‘radi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ularga har kuni darsdan keyin badiiy kitoblar o‘qib beradi. Bolalar uchun sinf kutubxonasi tashkil qilgan. Yaqinda homiy topib, yangi kitob javoni yasatdi. Ushbu kitob javonini yangi badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirishni maqsad qilgan opadan o‘rnak olsak arziydi.