Samarqandlik yengil atletikachi Sharifa Davronova Osiyoda tengsiz

Jahon Yengil atletika federatsiyasi TOP-100 ayol atletlar reytingini yangiladi.
Unda dunyoning eng kuchli 100 nafar yengil atletikachi ayollari qatoridan o‘zbekistonlik 4 nafar sportchi ayollar joy olgan.
Jumladan, balandlikka sakrash bo‘yicha Safina Sa’dullayeva reytingning 12-pog‘onasini zabt etdi, Osiyoda esa tengsiz deb topildi.
Ayni shu yo‘nalishda yana bir yurtdoshimiz Barnoxon Sayfullayeva reytingning 60-o‘rnini band etdi, Osiyoda esa 6-o‘rinda qayd etilgan.
Uch hatlab sakrash bo‘yicha Sharifa Davronova dunyo bo‘yicha 19-o‘rinni, Osiyoda esa 1-o‘rinni egallab turibdi.
Yadro uloqtirish bo‘yicha Malika Nasriddinova reytingda 3 pog‘ona yuqorilab, 51-o‘rinni, Osiyoda esa 8-o‘rinni band etdi.