Xitoyning Xechi okrugida 300 metrlik jarlik yoqasidagi qoya ichida noyob kitob do‘koni ochildi

Mamlakatning Guansi-Chjuan avtonom viloyati hududidagi ushbu g‘ayrioddiy me’moriy yechim sayyohlar e’tiborini tortmoqda.
2025 yilning may oyida ochilgan do‘konga bir necha oy ichida 100 mingdan ortiq xaridor tashrif buyurdi. Kitob javonlari qisman to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoyaga o‘yilgan bino yog‘och va shishadan qilingan. Kunduz kunlari do‘konni tabiiy yorug‘lik – quyosh nuri yoritadi, kechqurun esa "osmonda parvoz qilayotgan qal’a" illyuziyasini yaratib, g‘ira-shira yorug‘lik lampalari yoqiladi.
Sotuvda san’at, falsafa va tarixga oid adabiyotlar mavjud. Do‘konga tashrif buyuruvchilar tog‘ landshafti va tubsizlikning panoramik manzaralaridan bahramand bo‘lib dam olishi uchun maxsus zona va qahvaxona mavjud.