Samarqandlik olim, tadbirkor, nuroniy, usta va mahalla faollariga davlat mukofotlari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 2025 yil 25 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” Farmon qabul qildi.
Farmonga ko‘ra, mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan
XALILOV Nasriddin - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining o‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi mudiri
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan
SAIDMURODOV O‘ktam - Samarqand tumanidagi «Stekloplastik» mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi
«Do‘stlik» ordeni bilan
SANAYeV Ismat Sanayevich - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Paxtachi tumani Kengashi raisi
«Jasorat» medali bilan
SAFAROV Muzaffar Shavkatovich - Narpay tumanidagi maishiy texnikalarni ta’mirlash ustasi
«Shuhrat» medali bilan
(100 yoshdan oshganlar)
GADANOVA Xaticha - Narpay tumani
«Shuhrat» medali bilan
ABDUHAKIMOVA Gulfuza Abdurahmonovna – Past Darg‘om tumanidagi «Buyuk Turon» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli
MUSURMONOVA Shoira Akboyevna - Bulung‘ur tumanidagi «Guliston» mahalla fuqarolar yig‘ini kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi
NURULLAYeV Zafar Dehqonovich - Samarqand shahri obodonlashtirish boshqarmasining Siyob hududi boshlig‘i, Samarqand viloyati
RIZAYeV Fazliddin Ismoilovich - Samarqand shahridagi «Samarqand avtomobil zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh texnologi, Samarqand viloyati