Samarqandlik olim Yaponiyada o‘z tajribalari haqida gapirib berdi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgiyasi klinikasi bosh vrachi, professor Jamshid Shamsiyev xalqaro pediatr endoxirurglar guruhi (IPEG – International Pediatric Endosurgery Group)ning bolalar endoxirurgiyasiga bag‘ishlangan an’anaviy 34-ilmiy anjumanida ishtirok etdi.
Yaponiyaning Kagoshima shahrida o‘tkazilgan anjumanda AQSh, Fransiya, Germaniya, Italiya, Shveysariya, Janubiy Koreya singari dunyoning 43 davlati yetakchi bolalar endoxirurg olimlari, shifokorlar qatnashdi.
Professor Jamshid Shamsiyev Samarqand bolalar xirurgiyasi tibbiy markazida amalga oshirilayotgan bolalar jigar exinokokkozini laporoskopik davolash usullar haqida ma’ruza qildi.
Konferensiyada yigirmadan ortiq sessiyada bolalar kasalliklarini davolashda kaminvaziv jarrohlikning turli yo‘nalishlari muhokama qilindi.