Samarqandlik o‘quvchilar Toshkentda 2 ta oltin, bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi
Toshkent shahrida imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat, yengil atletika va quvnoq estafetalar turlari bo‘yicha respublika birinchiligi o‘tkazildi.
Uyda viloyatimiz sharafini 59-son ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi va 60-son ko‘zi zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internati o‘quvchilari munosib himoya qilib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jumladan, 59-son MMI o‘quvchilari Rasulov Ilhomjon va Mavlonova Ochiloy sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 60-son MMI o‘quvchisi Xudoyqulova Umeda sportning yengil atletika turidan uzunlikka sakrash bo‘yicha ikkinchi va 100 metrga yugurish bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘oliblariga Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati markaziy kengashi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bekzod AHMEDOV.