Samarqandlik sportchilar Qashqadaryoga boradi
Samarqand shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida viloyat kubogi o‘tkazildi.
Sportning yakka kurash turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida ikki kun davom etgan ushbu turnirda 12 jamoadan 200 dan ortiq sportchilar 48 fazn toifasida g‘oliblik uchun janglarda ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand shahridagi 9-umumta’lim maktabining “Maxmud sila” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, shu yilning 12-15 sentyabr kunlari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadigan “Uzbekiston kubogi-2019” respublika turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Samarqand tumanidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabining “Legion” jamoasi, uchinchi o‘rin Samarqand shahridagi “Dinamo-Motrid” jamoasiga nasib etdi.
G‘oliblar viloyat qo‘l jangi federatsiyasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqvdirlandi.