Samarqandlik Temurbek Nasimov sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Bahrayn poytaxti Manama shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz musobaqada 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha 130 kg. vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan samarqandlik sportchi Temurbek Nasimov kumush medalga ega chiqdi.

Musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishing:
Yunon-rum kurashi:
Oltin medal:
-77 kg. Samandar Bobonazarov;
Kumush medal:
-87 kg. Azamatjon Abdubannobov,
- 130 kg. Temurbek Nasimov;
Bronza medal:
-55 kg. Alisher G‘aniyev,
-97 kg. Islomjon Rahmatov;
Ayollar kurashi:
Oltin medal:
-57 kg. Layloxon Sobirova;
Kumush medal:
-53 kg. Dilshoda Matnazarova;
Bronza medal:
-62 kg. Rushana Abdirasulova;
- 68 kg. Firuza Yesenbayeva.
Erkin kurash, bronza medal:
-61 kg. Arslon Rahimov,
-92 kg. Ravshanbek Jumaboyev,
- 65 kg. Umidjon Jalolov,
-70 kg. Zafarbek Otaxonov.

Shu tariqa sport kurashlari bo‘yicha Bahrayn poytaxti Manama shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yoshlar terma jamoasi musobaqani 2 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallari bilan yakunladi.