Samarqandliklar Sug‘d viloyatidagi Navro‘z tantanalarida qatnashmoqda

27 mart kuni Samarqand viloyatining bir guruh faollari joriy yilning 1 martida ochilgan “Jartepa” va “Sarazm” o‘tkazish punktlari orqali Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyatiga yo‘l oldi. 

Bu yerda Samarqand jamoatchiligi vakillarining bayram tadbirlari bilan birga turli madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar, ko‘rgazmalarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 

– Ikki davlat Prezidentlarining xalqlarimiz xohish-irodasini ifodalab, ularning manfaatlarini ko‘zlab olib borayotgan oqilona siyosati tufayli bugun chegaralarimiz ochildi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi H.Normurodov. – Chegaralarimiz barobarida ikki xalqning bir-biriga bag‘ri yana ham keng ochildi. Do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik rishtalari mustahkamlanmoqda. Tojikistonlik birodarlarimizning yurtimizga tashrifi va bizning ushbu yurtga safarimiz bu aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, albatta. 
 

G‘olib HASANOV.