SamDU Xitoyning Si’an Jiaton universiteti bilan hamkorlik qiladi

Xitoyning Si’an Jiaton universiteti prezidenti, professor Vang Shuguo boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.

Mehmonlar bilan muloqotda tomonlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchi, doktorant va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Samarqand davlat universitetida Xitoy tili va madaniyati markazini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi. Shu asosda ikki tomon o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylari — Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonalarini ziyorat qildi.

Samarqand davlat universiteti axborot xizmati.