SamDUning "Guldasta" xor jamoasi Respublika ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni egalladi

Tadbirda viloyatlardan g‘olib bo‘lgan badiiy jamoalar, mahoratli xonandalar o‘zaro kuch sinashdi. Vatanimizning maftunkor tabiati, qiyosi yo‘q o‘lka ekanini ulug‘lovchi yangi qo‘shiqlar tinglandi.

– Yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol toptirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda o‘n oltita jamoa bellashdi, – deydi jamoa badiiy rahbari Javodbek Kozimov. – Talabalarimiz tajriba va mahoratlarini ishga solib, o‘rganganlarini amalda qo‘llay oldi.

Abdujabbor PO‘LATOV.