Sanoat zonalarida qurilishi boshlanmagan loyihalarning yer maydonlari zaxiraga qaytariladi

2022-2023 yillarda qurilish ishlari boshlanmagan jami 292 ta loyiha to‘liq o‘rganib chiqilib, samarasiz loyihalarning yer maydonlari o‘rnatilgan tartibda zaxiraga qaytarish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritiladi. Qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda qaytarilgan yer maydonlari qayta auksionga chiqariladi.
Bu masala viloyat hokimligida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi, kichik sanoat zonalari va yoshlar tadbirkorligi sanoat zonalarida 2024 yilda ishga tushirilishi belgilangan loyihalar ijrosiga bag‘ishlangan apparat yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Shuningdek, faoliyati to‘xtab qolgan 15 ta loyihani ishga tushirish bo‘yicha banklar bilan hamkorlikda tadbirkorlarga o‘rnatilgan tartibda amaliy yordam beriladi. Bugungi kunda mavjud bo‘sh yer maydonlariga istiqbolli loyihalarni joylashtirish choralari ko‘riladi.