Sardobadagi suv toshqini fojiasi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan

Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.