Sarhisob: 6 oyda 6 milliard so‘mdan ortiq sarmoya jalb etildi

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va davlat kafolati ostida bo‘lmagan xorijiy kredit mablag‘lari ishtirokida jami 115 ta loyiha hisobiga 524,2 million dollarlik investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobarga ko‘p, - deydi Samarqand viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Abduvaliyev. - Misol uchun, Samarqand shahrida “Azia metall prof” MChJ qo‘shma korxonasi negizida po‘lat eritish va qora metall ishlab chiqarishni tashkil etish hamda maishiy texnika va avtomashinalar uchun tunuka list ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi doirasida 70 million dollar o‘zlashtirildi.

Jomboy tumanidagi “CCI Samarkand limited” MChJ negizida "Coca-Cola" ichimligi hamda boshqa salqin ichimliklar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi doirasida 36 million dollar xorijiy investitsiya jalb etildi.