Sarhisob: Tibbiyot sohasiga ajratilgan mablag‘ nimalarga sarflandi?
2024 yilda viloyatda sog‘liqni saqlash sohasiga jami 2820,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Jumladan, kiyim-kechak va yumshoq jihozlar sotib olish uchun 4,6 milliard so‘m, joriy ta’mirlash xarajatlariga 4,8 milliard so‘m, tibbiyot xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xarajatlariga 4,9 milliard so‘m, tibbiy asbob-uskuna uchun 17,9 milliard so‘m hamda mebel jihozlari sotib olish 7,9 milliard so‘m yo‘naltirildi.
Tibbiyot xodimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga 113,2 milliard so‘m, boshqa saqlash bilan bog‘liq xarajatlar (benzin, ko‘mir, xizmat safari, qo‘riqlash xizmati xizmat ko‘rsatish va boshqa xarajatlar) uchun 68,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bundan tashqari, Samarqand, Qo‘shrabot, Nurobod, Payariq, Past Darg‘om, Bulung‘ur, Jomboy tumanlarida yashovchi 23 nafar tibbiy yordamga va jarrohlik amaliyotiga muhtoj fuqarolarni davolash uchun 658,5 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Prezidentimizning 2021 yil 4 oktyabrdagi “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasining xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limiga 2,7 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad - bo‘limni 15 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash edi bu jihozlar olib kelindi.
Orzumurod MARDONOV,
viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.