Saudiya Arabistonida Ukraina va Amerika delegatsiyalari uchrashuvi. Suriyada terrorchilar bilan yangi hukumatga bo‘ysunuvchi kelishuv imzolandi. Shimoliy dengizda yangi ekologik tahdid

🔹 Bugun Saudiya Arabistonida Ukraina va Amerika delegatsiyalarining uchrashuvi o‘tkazilmoqda. Amerika delegatsiyasiga Davlat kotibi Marko Rubio, Ukraina delegatsiyasiga esa prezident devoni rahbari Andriy Yermak boshchilik qilmoqda. Vladimir Zelenskiy ham Saudiya Arabistonida, biroq u muzokaralarda ishtirok etmasligi xabar qilingan. Muzokaralar Amerikaning Kiyevga harbiy yordamini tiklash uchun "asos" bo‘lishi kutilmoqda.

🔹 Jastin Tryudo Kanada bosh vaziri lavozimini tark etdi. Taajjublisi, ketayotib Tryudo parlamentdan o‘zi bilan stulni olishga qaror qildi. Hukmron partiyaning yangi rahbari etib Angliya bankining sobiq rahbari Mark Karni saylangan.

🔹 Suriya hukumati va YPG terror guruhi o‘rtasida Suriyaning yangi hukumatiga bo‘ysunuvchi xavfsizlik kuchlariga qo‘shilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatda aytilishicha, barcha suriyaliklar, diniy va etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, davlat muassasalarida vakillik qilish va o‘z vakolatlaridan kelib chiqqan holda siyosiy jarayonlarda ishtirok etish huquqi kafolatlanadi.

🔹 Rossiyada dollar kursi keskin pasayishda davom etmoqda va allaqachon 85 rublga yetdi.

🔹 Prezident Donald Trampning AQSh iqtisodining tanazzulga uchrashi ehtimolini istisno etmagan bayonoti AQSh fond bozorining tushishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, bozorni Trampning Kanada va Meksika tovarlariga tariflarni joriy etish, Xitoy uchun oshirish qarori sabab bo‘lgan savdo urushi eng ko‘p tashvishga solmoqda.

🔹 Moskva oblastiga dronlar hujumi qurbonlari soni 3 nafarga yetdi. Seshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning hududlari katta dron hujumiga uchradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, unda 300 dan ortiq dron ishtirok etgan.

🔹 Shimoliy dengizda yangi ekologik tahdid – dengizning Buyuk Britaniya sohillarida 15 konteyner natriy siyanidi ortilgan kema va neft tankeri to‘qnashishi odamlar va hayvonlar uchun xavf tug‘dirmoqda.

🔹 Qozog‘istonda qor bo‘roni tufayli Ostona aeroportida parvozlar kechiktirilmoqda. Qarag‘anda viloyatidagi magistral yo‘llarda yuzlab avtomobil qor tirbandligida qolgan. Kuchli qor bo‘roni va ko‘rinishning nolga tengligi transport harakatini falaj qilgan.

🔹 AQShda USAID dasturlarining 83 foizi rasman bekor qilingan.

G.Xoldorova tayyorladi.