Savdo qilyapsizmi, oraliq masofani saqlang!
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyat boshqarmasi viloyatdagi mavjud dehqon bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash bilan birga karantin qoidalariga rioya qilinishi ustidan ham qat’iy nazorat o‘rnatgan.
Jumladan, savdo-sotiq jarayonida oraliq masofani saqlash va sotilayotgan mahsulotlarning himoyalanishiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Shuningdek, mahalla, qishloqlarda tashkil etilayotgan ko‘chma do‘konlarda ham oraliq masofani saqlanishi departament xodimlarining diqqat-e’tiborida.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, bugungi kungacha Samarqand viloyat prokuraturasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan viloyatdagi 1096 ta mahallalarda 1543 marotaba ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil qilinib, xalqimizga 1026 tonna qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari qulay sharoitlarda yetkazib berildi.