“Saxovat uyi”da uch avlod vakillari uchrashdi

Viloyatda 4-10 oktyabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish halqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish tashkil etilgan.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga azaliy qadriyatlarni o‘rgatish va ularni hurmat qilish borasida “Keksa avlod oilaviy ajrimlarga qarshi”, “Bobom, buvim va men kitobxon”, “Diydor shirin” mavzularida turli tadbirlar tashkil etib kelmoqda.

Jumladan, Samarqand shahridagi “Saxovat uyi”da uch avlod vakillarining uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda keksa avlod vakillari talabalarga respublikamizning o‘tmish tarixi va bugunini o‘z hayotlari misolida so‘zlab berdilar. Bugungi shukronalik kunlarning qadriga yetishni yoshlarga maslahat berishdi.

Uchrashuvda universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Muhayyo Abbosova Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining taqdimotini o‘tkazib, uning mazmun-mohiyatini so‘zlab berdi.

Shuningdek, tadbir so‘ngida “Saxovat uyi”dagi keksa otaxon va onaxonlarning talablariga binoan universitet kutubxonasidan ular yoqtirgan adabiyotlarni yetkazib berishga kelishib olindi.

Dildora TURDIYeVA.