Sayyor sudda 30 nafar mahkumi jazodan ozod etildi

Bilib-bilmay, ehtiyotsizlik ortidan jinoyat sodir etgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, foydali mehnat bilan shug‘ullanishga jalb etish, jamiyatga moslashuvini ta’minlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bugunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu jihatga e’tibor qaratgan holda Samarqand shahrida jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi sudyalari tomonidan probatsiya guruhi hisobida turgan bir guruh mahkumlarning jazosini muddatidan ilgari tugatish bo‘yicha sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Jinoyat qonunchiligida javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash bilan birga qonunga itoatkor mahkumlarga bir qator imtiyozlarni berish ham nazarda tutilgan. Ushbu normalarning amaliyotdagi real ijrosi sifatida IIB probatsiya guruhi hisobida turgan, belgilangan majburiyatlarni og‘ishmay bajargan 30 nafar mahkum jazodan ozod etildi.
Orif Pardayev,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi.