Senat Raisi va BAA Federal Milliy Kengashi Raisi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm masalalari bo‘yicha hujjatlar, shuningdek, 10 mlrd. AQSh dollaridan ortiq miqdorda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi bitimlar imzolandi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar, turistik va boshqa aloqalarni rivojlantirishga hamda mustahkamlashga qaratilgan parlament faoliyatini, parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat funksiyalarini samarali amalga oshirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy, turistik va boshqa sohalarda qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini rivojlantirish borasida axborot va tajriba almashishni kengaytirish kabi masalalarni qamrab olgan Oliy Majlis Senati va Birlashgan Arab Amirliklari Federal Milliy Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.