Senatning yigirma birinchi yalpi majlisi o‘tkazilish kuni belgilandi

Bugun, 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisini joriy yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Majlis kun tartibiga Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

Shuningdek:

- “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi;

- “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi;

-  “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi;

- “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.