Senator saylandi

Unda xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochib berdi. Notiq mamlakatimizda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, saylov qonunchiligini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatiga alohida to‘xtaldi.

Viloyat Kengashi deputati B.Sharofov boshqargan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga bo‘sh bo‘lgan o‘ringa viloyatdan vakil saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma majlisda ishchi rayosati, oqsoqollar kengashi (raisi H.Normurodov), sanoq komissiyasi (raisi Z.Karimov) tarkibi saylandi.

Oqsoqollar kengashi Oliy Majlis Senati a’zoligiga nomzod tavsiya etdi. Deputatlar nomzod haqida o‘z munosabatlarini bildirish barobarida mahalliy kengashlarning islohotlar jarayonida faolligini yanada oshirish yuzasidan o‘z takliflarini aytdilar.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, viloyat hokimi Jo‘rayev Turobjon Ikromovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.