Shamollashga qarshi nimalar davo bo‘ladi?

Sarimsoqpiyoz: Grippda va shamollashda eng samarali mahsulot. Sarimsoq bo‘lagida mavjud allitsin muvaffaqiyatli ravishda nafaqat gripp viruslarini yo‘qotadi, balki boshqa zararli zamburug‘ va bakteriyalarga qiron keltiradi.
Agar sizga sarimsoqning o‘tkir hidi yoqmasa, uning bo‘lagini mayda to‘g‘rab chaynamasdan yutishingiz mumkin. Yoki sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazib, buterbrodda foydalaning yoki asal bilan aralashtirib suv bilan iste’mol qiling.

Piyoz: Grippga qarshi piyozni uch-to‘rt boshini qirg‘ichdan o‘tkazib, 0,5 litr qaynoq sut qo‘yasiz. 20 daqiqa tindirib, kechasi yarim stakandan ichasiz. Ammo oshqozon-ichak xastaligi bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling.

Qalampir: Achchiq qizil qalampirda kapsantin moddasi bor. Murchda esa piperin mavjud. Shu sababli har ikkisi ham virusga qarshi ta’sirga ega va nafas yarim yo‘llari faoliyatini yaxshilaydi. Qalampir va murchni asosiy taomlarga ozgina miqdorda qo‘shish g‘oyat foydali.

Kapsatsiya: Qon aylanishini faollashtiradi, limfalar oqishini yaxshilaydi, hilqat hosil bo‘lishini pasaytiradi, bronxlarni kengaytirib, shamollashda yo‘talni yengillashtiradi.

Yalpiz dimlama: Bir choy qoshiq yalpiz talqoniga bir stakan qaynoq suv quyib, past olovda 3-5 daqiqa miltillatib qizdirasiz. So‘ngra dokadan suzib olib, 1 choy qoshiq asal, bir bo‘lak sarimsoqpiyoz, yarimta limon sharbati qo‘shasiz va kechasi iliqqina holda ichasiz. Bir kunda bo‘lib-bo‘lib bir stakandan ichsangiz kifoya.

“Tabiat ne’matlari” kitobidan T.Shomurodov tayyorladi.