Shaxmat: Samarqandda “Womenʼs Chess Championship” xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi
![](https://static.zarnews.uz/crop/6/0/720__80_60b80cb22ef3e5eddb5420b9e0b98104.jpg?img=self&v=1739943262)
Samarqand shahrida umumiy sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat “Womenʼs Chess Championship” xalqaro turniri o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.
Ushbu musobaqada ishtirok etish talabnomalari shu yilning 25 fevraliga qadar qabul qilinadi. 8-19 mart kunlari esa jahon shaxmatining eng kuchli xotin-qizlari bellashadigan turnir o‘tkaziladi. Bu musobaqa nafaqat shaxmat ixlosmandlari, balki global sport, bilim va tenglikni targ‘ib qiluvchi turnir sifatida yodda qoladi.
Ayni kunlarda Samarqand shahrida mazkur turnirni tashkil etish, uning har bir kuni betakror kechishi borasida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.