Sherbek Toshkentga boradi

Samarqand shahrida ko‘zi ojiz kitobxonlar o‘rtasida “Brayl yozuvida tez va ifodali o‘quvchi kitobxon” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda 7 nafar kitobxon 3 ta shart bo‘yicha bellashdi. Unda Samarqand shahridan ishtirok etgan Sherbek Islomov faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Kattaqo‘rg‘onlik Sardor Jamolov 2-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, payariqlik kitobxon Fayzulloh Mardiyev 3-o‘rin bilan kifoyalandi. G‘oliblar tanlov tashkilotchilari va Samarqand viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Endi Sh.Islomov tanlovning respublika bosqichida qatnashib, viloyat sharafini himoya qiladi.
M.Amonova,
Samarqand viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi bo‘lim mudiri.