Shifokorlar ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Ikki tibbiyot muassasasining oliy toifali shifokorlari ko‘chma «Proskan-2000» uskunasi yordamida 30 nafar xavfli guruhiga kiruvchi bemorlardan tashqari dispanserning 17 nafar tibbiyot xodimlarini ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
- Bu kabi ko‘riklardan nafaqat bemorlar, balki shifokorlar salomatligini ham nazorat qilib turish foydadan xoli bo‘lmaydi, - deydi viloyat endokrinologiya dispanseri bosh vrachi Gulzoda Negmatova. – Chunki qandli diabet bemorlarning immuntizimiga ham ta’sir qilib, ko‘pincha boshqa kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining pasayishiga ham sabab bo‘ladi. Ikkala kasallikka xos belgilardan biri, ya’ni bemorlarda tana vaznining keskin kamayishi kuzatiladi. Silni birlamchi aniqlanishi qancha erta yo‘lga qo‘yilsa davolash samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi va asoratlarning oldini olishga zamin yaratadi.
Ko‘rikda silga chalinganlar bo‘lmasada, ammo ikki bemorda surunkali bronxit borligi aniqlandi. Ularga ftiziatr-shifokorlar tomonidan tibbiy tavsiyalar berildi.
Dilmurod TO‘XTAYeV.