Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ikkita raketa uchirdi

Yaponiya dengiz xavfsizligi boshqarmasi Shimoliy Koreyadan ikkinchi raketa uchirilganini bildirdi, deb xabar beradi NHK.

Qayd etilishicha, u 12:43 da (Toshkent vaqti bilan 08:43) sodir bo‘lgan. Snaryad qulagan joy hozircha noma’lum.

Avvalroq Shimoliy Koreya hududidan raketa uchirilgani haqida xabar berilgan edi. Yaponiya hukumati uning ballistik ekanligini taxmin qilmokda.

Rossiya sunami haqida ogohlantirish xizmati Vladivostok mintaqaviy axborotni qayta ishlash markazi vakili ma’lumotiga ko‘ra, raketalar tufayli Yapon dengizida seysmik hodisalar qayd etilmagan.

Shimoliy Koreya 11-12 sentyabr kunlari uzoq masofali yangi qanotli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi va uni Koreya ishchilar partiyasi markaziy qo‘mitasining yuqori lavozimli a’zolari kuzatishdi. Sinovlar raketa dvigatellarining yerdagi tortishuvi, parvozi, boshqaruv va nazoratni o‘z ichiga olgan. Ularning barchasi muvaffaqiyatli o‘tgan - raketalar 1,5 ming kilometr masofadagi nishonni ura olgan.

Bungacha KXDR yanvar va mart oyining oxirida raketa sinovlarini o‘tkazgan edi. 21 martda BMT Xavfsizlik Kengashi qarorini buzgan holda, Sariq dengizga past-balandlik va qisqa masofali ikkita qanotli raketa, 25 martda esa Yapon dengiziga qisqa masofali ikkita ballistik raketa uchirdi.