Shvetsiya parlamenti NATOga a’zolikni tasdiqladi
- 23.03.2023 10:47
- 41
- Xorij
Shvetsiya parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan mamlakatning blokdan tashqarida maqomini tugatish va NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi: 296 ovoz yoqlab, 37 deputat qarshi chiqqan.
Shvetsiya hukumati iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda Alyansga rasman qo‘shilish ehtimoli katta, deb hisoblamoqda.
Biroq Turkiya va Vengriya Skandinaviya davlatlarining arizalarini haligacha ratifikatsiya qilmagan. Anqara mart oyi oxirida Finlyandiya nomzodini tasdiqlashi mumkinligini, lekin Shvetsiyani emas deb aytgan. Budapesht, shuningdek, ikki davlat nomzodlarini alohida ko‘rib chiqishlarini qayd etgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Fyodor Maxnov — Vitebskning afsonaviy giganti
- Kecha, 19:27
- Sayohat
Past Darg‘om va Lida tumanlari hamkor bo‘ladi
- Kecha, 19:00
- Siyosat
Quyosh nurlari teri saratoniga olib keladimi?
- Kecha, 18:21
- Salomatlik
E’tirof mas’uliyatni yanada oshiradi
- Kecha, 16:50
- Jamiyat