Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishiga rozi bo‘lmoqda, evaziga Turkiyaning Yevroittifoqqa kirishi tezlashishi mumkin
- 11.07.2023 09:33
- 25
- Xorij
Bu haqda NATO sammiti o‘tayotgan Vilnyusda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.
Stoltenbegning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokolni imkon qadar tezroq parlamentga yuborishga rozi bo‘lgan.
Anqara bir yil davomida Shvetsiyaning NATOga kirishiga qarshilik qildi va dushanba kuni Erdo‘g‘on Bryussel Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarni ochmaguncha buni ma’qullamasligini aytgan.
Jo Bayden Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishiga qo‘ygan vetosini bekor qilishga roziligini olqishlaydi, deyiladi AQSh prezidenti bayonotida. Yevropa Kengashi rahbari Charlz Mishel Twitterdagi xabarni “Vilnyusdan xushxabar” degan so‘zlar bilan izohladi.