Silga qarshi vaksina (BSJ) yaratilganiga 100 yil bo‘ldi

1921 yil 18 iyulda fransuzlar Albert Kalmet va Kamil Geren vaksinani onasi sil kasalligidan vafot etgan chaqaloqqa ilk bor qo‘llashdi. Bola qutqarildi. Shifokorlar sharafiga vaksina - Batsilla Kalmeta-Gerena deya nomlandi. Hozirgacha ushbu shtamm tirik va buqaning zaiflashgan tuberkulyoz tayoqchasi ushbu kasallikning oldini olishning eng samarali vositasi hisoblanadi.

Sovet Ittifoqida fuqarolar bilagida xarakterli «belgi» bo‘lishi 80-yillarning boshlariga qadar majburiy edi. O‘sha vaqtga kelib, ommaviy emlash tufayli sil kasalligi nisbatan kamaydi - ammo u yo‘qolmadi.

2019 yilda deyarli bir yarim million kishi sil kasalligidan vafot etdi. Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 2020 yilda sil kasalligi COVIDdek ko‘pchilikni yostig‘ini quritdi. Pandemiya tufayli emlash va silga qarshi yangi vaksinalarni sinash uchun ajratilgan cheklangan mablag‘lar yana ham qisqartirildi.

O‘tgan yili, hatto BSJ bilan emlangan odamlarda COVID-19 yuqish ehtimoli kam ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ammo keyinchalik bu xulosalar rad etildi, agar korrelyasiya mavjud bo‘lsa ham, bu bog‘langanlik degani emas.