Skrining tekshiruvlari tumanlarda ham o‘tkaziladi

Ilgari viloyat tumanlarining homilador ayollari skrining tekshiruv uchun Samarqand shahriga kelishga majbur edi.

Aholi uchun sifatli ixtisoslashgan tibbiy xizmatni tashkil etish, fuqarolarga bu borada qulayliklar yaratish, homiladagi tug‘ma nuqsonlarni erta aniqlash maqsadida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan birlamchi skrining xonalariga jami 472 ming AQSh dollari qiymatidagi 16 ta so‘nggi rusumdagi UTT apparatlari keltirildi.

Janubiy Koreya davlatida ishlab chiqarilgan “Voluson P6” nomli mazkur UTT apparati orqali endilikda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash, nogironlikning oldini olish imkoniyati oshadi.

Avvalroq viloyatimizning barcha tumanlarida birlamchi skrining xonalari tashkil etilgandi. Mazkur skrining xonalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar viloyat Ona va bola skrining markazida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining 4 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilgan mahorat darslarida tug‘ma nuqsonlarni perinatal ultratovush diagnostikasi orqali barvaqt aniqlashni o‘zlashtirishgan.