"Sog‘liqning o‘zi katta baxt". Siz buni to‘g‘ri fikr deb hisoblaysizmi?
Taniqli yurak jarrohi, akademik Amosovning salomatlik haqida mulohazalari.
* Ko‘p kasalliklarga tabiat yoki jamiyat emas, balki insonning o‘zi aybdor. Ko‘pincha u dangasalik va ochko‘zlikdan, ba’zida esa bema’nilikdan kasal bo‘lib qoladi.
* Dori-darmonlarga suyanib qolmang. Ular kasallikni yaxshi davolaydi, ammo odamni sog‘lom qila olmaydi.
* Sog‘lom bo‘lish uchun o‘zingiz doimiy va ahamiyatli harakatda bo‘lishingiz kerak. Yaxshiyamki, inson shu qadar mukammal yaratilganki, u deyarli har doim o‘z sog‘lig‘ini tiklashi mumkin.
* Har qanday harakatning hajmi vajlar bilan belgilanadi. Vajlar esa maqsadning ahamiyati, vaqti va unga erishish ehtimoli bilan belgilanadi. Fe’l ham bu yerda o‘z o‘rniga ega. Afsuski, o‘lim yaqin haqiqatga aylanganda, sog‘liq muhim maqsad sifatida inson oldida turadi.
* Sihatlik uchun to‘rt xil shart mavjud. Bular - jismoniy faollik, ovqatlanishni cheklash (me’yorida ovqatlanish), chiniqish, dam olish uchun vaqt topa olish.
* Kuniga 20-30 daqiqa jismoniy mashq qilish kifoya, agar bu vaqt ikki baravar ko‘paytirilsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.
* Aytishlaricha, sog‘liqning o‘zi katta baxt. Bu noto‘g‘ri fikr: sog‘liqqa odatlanib qolish va unga e’tibor bermay qo‘yish juda oson. Kasallik esa bu albatta baxtsizlik.
* Odamlar ortiqcha ovqatlanish, jismoniy mashqlarni bajarmaslik, ruhiy stress va chiniqishning yetishmasligi ularning kasalliklari sabablari bo‘lishini bilishi kerak.
* Kasalliklarni davolash uchun to‘yib-to‘ymasdan (chala) ovqatlanish, xom sabzavotlar iste’mol qilish, xohlagancha uxlash va albatta, tamaki chekmaslik lozim.
* Ko‘proq meva va sabzavot iste’mol qiling.
* Vazningiz doim nazoratingiz ostida bo‘lsin.
* O‘z tabiatingizga ishoning va behuda shifokorga bormang.