Sog‘lom turmush tarzi - qandli diabetga uchramaslikning asosiy yo‘li

Noyabr – qandli diabetga qarshi kurash oyligi doirasida Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya amaliy tibbiy markazi viloyat filiali xodimlari aholisi o‘rtasida keng ko‘lamli tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.

Jumladan, filial xodimlari Urgut tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bilan hamkorlikda Alisher Navoiy va G‘o‘s oilaviy poliklinikalarida 289 nafar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 

Shuningdek, mobil tibbiy laboratoriya yordamida qon tarkibidagi qand, glikirlangan gemoglobin, qalqonsimon bez gormonlari miqdori tez va oson aniqlab olindi. Ko‘riklarda qandli diabeti bo‘lgan 15 nafar bemor aniqlanib, dispanser nazoratiga olindi. Ularga tajribali mutaxassislar tomonidan kerakli tibbiy tavsiya va maslahatlar berildi. Sog‘lom turmush tarziga qat’iy amal qilish qandli diabetga uchramaslikning asosiy yo‘li ekani aytildi.

Bunday chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar viloyatning barcha tumanlarida tashkil etilmoqda.