So‘kinib gapirishga nima deysiz?

Bir xillarga duo ketgan. Oldida onasi turadimi, otasi turadimi, farqi yo‘q. Bemalol o‘zining padaribuzrukvori oldida ham farzandini haqorat qilaveradi. Bizga nima bo‘lgan o‘zi? Ma’naviyat, ma’naviyat deymiz, qani uning kuchi? Sal ishimiz o‘xshamay qolsa, uning badalini farzandimizdan undiramizmi, endi? O‘zi so‘kinib gapirish to‘g‘rimi? Bunga qonun nima deydi?
Jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish 1,5 million so‘mgacha jarimaga tortilishga sabab bo‘lishi mumkin, ekan. Ushbu norma O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida keltirilgan. Demak, bu modda ota bilan farzandga ham taalluqli bo‘lsa kerak. Yoki farzand meniki, nima qilsam, o‘zimning ishimmi? Bunday holatga siz nima deysiz?
Husniddin XOLDOROV.