Soliqlarni foizlarsiz va 1 yilda bo‘lib to‘lash huquqi bor
Ushbu imtiyoz mahalliy turoperatorlar, turizm sohasida joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yoki avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan.
Ya’ni, Prezidentning 2023 yil 26 apreldagi PQ-135-sonli qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1 mayga qadar ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga o‘z faoliyatida yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchi bilan birga o‘n va o‘ndan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini foizlar hisoblanmagan va ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 12 oy muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berildi.