So‘rov natijasi: Agar O‘zbekistonda ertaga saylov o‘tkazilsa, aholining ko‘pchiligi O‘zLiDeP nomzodlariga ovoz berar ekan

Agar O‘zbekistonda ertaga saylov o‘tkazilsa, aholining aksariyat qismi O‘zLiDeP nomzodlariga ovoz berar ekan. Telegramdagi "Sizning fikringiz" kanalida "Agar ertaga parlament saylovlari o‘tkazilsa, qaysi partiyaga ovoz bergan bo‘lar edingiz?" degan so‘rovnoma joylashtirilibdi.

Ana shu so‘rov natijasiga ko‘ra O‘zLiDeP partiyasi yetakchilikni qo‘lga kiritdi. (Quyidagi suratda ko‘rishingiz mumkin)

Сўров натижаси: Агар Ўзбекистонда эртага сайлов ўтказилса аҳолининг кўпчилиги O‘zLiDeP номзодларига овоз берар экан

Norasmiy tarzda o‘tkazilgan so‘rovnomada yurtimizdagi beshta partiya ovozga qo‘yilgan bo‘lib, unda ovoz berganlarning 35 foizi O‘zLiDeP’ga, 32 foizi Milliy tiklanishga, 13 foizi hech qaysiga ovoz bermasligini, 6 foizi "Adolat" partiyasiga, yana 6 foizi hali bir qarorga kelmaganini, 5 foizi XDPga va 3 foizi yangi tashkil etilgan Ekologik partiyaga ovoz berishini ma’lum qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, bu yil saylovlar 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.