So‘rovnoma natijalari: 43 foiz odam Yangi yil dasturxoniga 2 million so‘m va undan ziyod mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi
1 yanvar kuni kanalimizda “Yangi yil bayrami dasturxoni uchun qancha pul sarfladingiz?” savoli bilan so‘rovnoma o‘tkazildi.
Unda ishtirokchilarning eng kam qismi — 15 foizi 500 ming so‘m sarflaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, 21 foiz ishtirokchi 1 million so‘m va yana xuddi shuncha ishtirokchi 1,5 million so‘mni Yangi yil bayrami dasturxoni uchun sarflaganini ma’lum qilgan.
Respondentlarning eng katta qismi — 43 foizi 2 million so‘m va undan ziyod pulni Yangi yil dasturxoni uchun ishlatgan.
So‘rovnomada ko‘plab o‘quvchilar o‘z fikr mulohazalarini ham qoldirgan. Ayrim o‘quvchilar bayram dasturxoni uchun 4 million ishlatganini aytsa, ayrimlar 150 ming so‘m yetarli bo‘lganini bildirgan. Bir qator ishtirokchilar esa bayram kunlari do‘kon va bozorlarda narxlar ikki baravar oshib ketganini ham aytib o‘tgan. Xususan, oldinroq 12 ming so‘m bo‘lgan tarvuzlar bayram kunida 45 ming so‘mga chiqqani aytilgan. Tuman bozorlarida esa narxlar ko‘p ham oshmagani bildirilgan.