Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti rafiqasi ham hibsga olindi

Seul sudi Janubiy Koreyaning hibsga olingan sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Kong Xini hibsga oldi.
Yun hukumatdan chetlatilgan va keyinchalik harbiy holat joriy etishga uringani uchun hibsga olingan edi. Uning rafiqasi esa birjadagi firibgarlik va poraxo‘rlikda ayblanmoqda.
52 yoshli Kim Kong Xi o‘z aybini rad etdi, biroq sud unga ishonmadi va to‘rt soat davom etgan tinglovdan so‘ng uni qamoqqa olishga qaror qildi, chunki agar u ozod etilsa, dalillarni yo‘q qilishi mumkin.
Bu Janubiy Koreya tarixida birinchi marta sobiq prezident ham, sobiq birinchi xonim ham hibsga olinganini ko‘rsatmoqda. Faqat prezidentning o‘zini hukumatdan chetlatish, hibsga olib, qamoqqa hukm qilish esa uch marta ro‘y bergan.