Talabalarning startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanyapti

Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida startap loyihalar tanlovi e’lon qilingan.

Tanlovga taqdim qilingan loyihalar viloyat hokimligi huzurida tashkil etilgan Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashida taqdimot qilinib, soha vakillari tomonidan loyihalar moliyalashtiriladi.

Birinchi qadamda 101 nafar yoshlar tomonidan umumiy

11,7 milliard so‘m qiymatdagi startap loyihalari taqdim etilgan. Shundan 58 ta loyiha uchun 6 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

Misol uchun, Samarqand agroinnavatsiyalar va tadqiqotlar insituti talabasi Fotima Qodirqulovaga  “Lentil chips - sof va tabiiy mahsulot” (oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari) innovatsion loyihasini amalga oshirish uchun "Asaka bank" tomonidan 197 milion so‘m mablag‘ ajratilgan.

Samarqand davlat universiteti talabasi Munira Axadovaga “Samarqand viloyati sharoitida bamiya o‘simligini yetishtirish hamda ekport va import o‘rnini bosuvchi maxsulot ishlab chiqarish” loyihasi uchun 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Qolgan 43 ta startap loyihalar ham amaliyotga joriy etilishiga qarab mablag‘ ajratiladi.