So‘rovnoma natijalari: 86 foiz ishtirokchilar ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarni qabul qilishga tayyor emas deb baholamoqda

Kecha, havo harorati keskin pasayganining ilk kunida kanalimizda bu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi. “Ta’lim muassasalari rahbar va o‘qituvchilari uchun so‘rov: Siz ishlaydigan ta’lim muassasasi talabalar va o‘quvchilarni qabul qilishga tayyormi?” savoli bilan o‘tkazilgan so‘rovnomada 2300 dan ziyod obunachilar o‘z munosabatini bildirgan.

Qatnashchilarning 86 foizi yuqoridagi savolga “Yo‘q, binolarni isitish muammo bo‘lmoqda” degan javobda to‘xtaldi. Faqat 14 foiz ishtirokchilar “Ha” degan javobni belgilagan.

Bundan tashqari, izohlar ostida o‘nlab obunachilar o‘z fikr mulohazalarini qoldirgan. Ba’zilar chekka tumanlardagi ta’lim muassasalaridagi isitish muammosini yozib qoldirgan bo‘lsa, ayrim foydalanuvchilar hatto oliygohda ham shu muammo borligini ma’lum qilgan.