Soxta o‘t o‘chiruvchi va mo‘ri tozalovchilardan ehtiyot bo‘ling!

Adliya vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qilishicha, odamlarning ishonchiga kirib, o‘zlarini “o‘t o‘chiruvchi va mo‘ri tozalovchilar” deb tanishtirib, ko‘plab fuqarolarning pullarini o‘zlashtirish holatlari kuzatilmoqda.

Kuz-qish mavsumi kelishi bilan aholining gaz, ko‘mir va boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoji keskin ortadi. Tabiiyki, bunday sharoitda yong‘inning oldini olish bo‘yicha odamlarga maslahat beruvchi va pullik xizmatlar ko‘rsatuvchi “ucharlar” ham ko‘payadi, deyiladi Adliya xabarida.

Shu sabab vazirlik soxta o‘t o‘chiruvchi va mo‘ri tozalovchilardan  ogohlantirmoqda.