"Spark"da "kaskadyorlik" qilgan yo‘lovchi qiz topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kaskadyor qizning romantik sayohati — kameraga tushib qolibdiku" sarlavhasi ostida fotolavha tarqalgan edi.
Toshkent viloyati IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqildi.
Qayd etilishicha, hodisa Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 26 iyun kuni sodir etilgan. Haydovchi salonidagi yo‘lovchining xavfsizligini ta’minlamaganligi va "Yo‘l harakati qoidalari"ning 11-bandida ko‘rsatib o‘tilgan talablarni bajarmaganligi uchun MJtKning 128(5)-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilib, tanasini avtomashidan chiqarib harakatlangan qiz ham aniqlandi va unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.