Sport o‘qituvchilari uchun kutubxona

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida yangi zamonaviy axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi.

Axborot-resurs markazining 10 mingdan ziyod kitob fondi bo‘lib, ularning 5 mingdan ortig‘i o‘zbek va xorijiy tillardagi darsliklar, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 500 ga yaqin badiiy adabiyot va lug‘atlarni tashkil etadi. Shuningdek, kutubxonaga 6 ta zamonaviy kompyuter va kerakli jihozlar o‘rnatildi.
Tadbirda malaka oshirish kursiga kelgan barcha tinglovchilar Axborot-resurs markazining fondi bilan tanishib, kitob ishi, kitobni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va o‘rganish bilan bog‘liq fikrlar almashildi.

Salom HAKIMOV.