Sportni rivojlantirish vaziri Samarqandda: viloyatdagi sport muassasalari ahvoli o‘rganilmoqda

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Samarqand shahridagi sport muassasalarining 2022-2023 o‘quv yiliga shayligi, sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida viloyatda sport infratuzilmasini yaxshilash, terma jamoaga iqtidorli sportchilarni jalb qilish, joriy yil sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan nufuzli sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.