Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Borrel Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar XJSning Binyamin Netanyahuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderini bajarishlari shart ekanini eslatdi

🔹Dunyodagi eng yirik banklardan biri Bank of China boshqaruv kengashining sobiq raisi va Xitoy Kommunistik partiyasi qo‘mitasi kotibi Lyu Lyange korrupsiyada ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilindi — XXR Oliy xalq prokuraturasi.

🔹 Isroil va Hizbulloh o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, ammo ziddiyat hali mavjud. Kelishuv chegaraning har ikki tomonidagi tinch aholiga bosqichma-bosqich uylariga qaytish imkonini beradi. Bugun Isroil xavfsizlik mahkamasi kelishuvni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

🔹Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Xalqaro Jinoiy sudning Binyamin Netanyahuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderini bajarishlari shart, aks holda bu Yevropa Ittifoqida "ikki tomonlama standartlarning namoyon bo‘lishi" sifatida baholanishi mumkin — Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel.

🔹 Tramp Xitoy, Meksika va Kanadaga "havoni yopib qo‘yish"ni va’da qilmoqda. Donald Tramp qattiq savdo siyosati strategiyasiga qaytish niyatida. U ushbu mamlakatlarga yangi savdo bojlarini joriy etishni rejalashtirgan, ya’ni barcha tovarlarga 25 foizlik import tariflarini joriy etmoqchi.

🔹 Trampga nisbatan ikkita jinoyat ishi to‘xtatildi. 

🔹 Germaniya kansleri Olaf Shols intervyuda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti tafsilotlari haqida gapirar ekan, Rossiya rahbari bilan Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlanishidan oldin yoki undan keyin muzokaralar "hech qachon yoqimli bo‘lmagan", dedi.

🔹 Donald Tramp barcha transgenderlarni AQSh armiyasidan bo‘shatmoqchi.

🔹 Rossiyalik ishbilarmonlar bir dollarni 120 rublga yetishiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rossiyaga uskunalar olib kiruvchi tadbirkorlar ichki hisob-kitoblariga dollarni 120-125 rubl, yuanni esa 15 rubldan hisoblashni boshlagan.

🔹 Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonning tarafdorlari uning ozod etilishini talab qilib, poytaxt tomon yurish o‘tkazdi.