Stalinni Leningrad qamali qurbonlari uchun ayblab chiqishdi
"Russkiy Buker" mukofotining laureati, rossiyalik yozuvchi-adiba Yelena Chijova Stalinni Leningrad qamali uchun ayblab chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Agar Stalin xohlaganida bu qamal 1942 yildayoq to‘xtar edi. Ammo, Stalin nemislarga imkoniyat berib qamalni uzayishiga hissa qo‘shgan.
Adiba Stalinga nisbatan gapirgan bu ayblovlarini Shveysariyaning nufuzli "Neue Zurcher Zeitung" nashriga bergan intervyusida gapirgan.
Uning fikricha, Gitler Leningradni katta harbiy yo‘qotishlar bilan bosib olishdan ko‘ra shahar ahlini qamal qilib ochdan o‘ldirib, so‘ng egallamoqchi bo‘lgan. Qamalda nemislarning uncha katta bo‘lmagan qo‘shini qatnashgan. Stalin esa hammasini bilar edi va unda hech bo‘lmaganda 1942 yildayoq qamaldagilarni ozod qilish imkoniyati bor edi. U esa qamaldagilarni ozod qilish o‘rniga, janubiy frontlarga katta kuch tashlab, leningradliklarning uzoqroq muddatga qamalda qolib ketishlariga sabab bo‘lgan.
Stalin doim "Leningrad shahri aholisi inqilob davrlaridan beri mustaqil bo‘lishni xohlab kelgan va buni qo‘llab-quvvatlagan" deb hisoblagani uchun shaharni qamaldan qutqarishga shoshilmagan.
"Men tarixchi emasman, mayli tarixchilar izlanib, surishtirib ko‘rishar, ammo o‘shanda Stalin istaganida Leningrad qamalidagi yuz minglab odamlarni ochlikdan asrab qola olardi. U esa buni shunchaki xohlamagan", deydi Chijova.