Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sud tizimi faxriylari sayohatga chiqdi

Samarqand viloyati sudi tashabbusi bilan sud tizimida uzoq yillar ishlagan bir guruh faxriylarning Samarqand shahri va Shahrisabz tumaniga sayohati uyushtirildi.

Dastlab ular Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mangu qo‘nim topgan Hazrati Xizr majmuasini ziyorat qildi. So‘ngra Registon maydoni va Islom Karimov haykali, uning atrofida amalga oshirilgan qurilish-obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shu kunning o‘zida mikroavtobusda Shahrisabz tumaniga jo‘nab, u yerda keyingi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

- Shahrisabz tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, ko‘rkamlashib ketibdi, - deydi mehnat faxriysi I.Ochilov. - Ayniqsa, Oqsaroy majmuasi atrofi butunlay o‘zgacha qiyofa kasb etgan. Bu tariximiz va ertamiz uchun davlatimiz va xalqimizning e’tiborli ekanidan dalolat.