Sudlar jurnalistlarga o‘z faoliyatini oshkor etadimi?

Viloyat ma’muriy sudida Samarqand shahar ma’muriy hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar hamkorligida sud muhokamasi oshkoraligi va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Samarqnd shahar ma’muriy sudi raisi O.Pardayev viloyat OAV vakillari, bloger va jurnalistlarni Oliy sud plenumining 2020 yil 21 fevraldagi “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha sudlar oldidagi asosiy vazifalar bo‘yicha axborot berdi.

Tadbirda jurnalistlarning sud jarayonlarida ishtirok etishi, ularning ochiq va oshkora sud hujjatlari bilan tanishishi bilan bog‘liq savollariga javob olindi.