"Super-kontrakt" narxlari arzonlashishi kutilmoqda

Yaqinda qabul qilinishi rejalashtirilayotgan Davlat qabul komissiyasi qarori bilan "super-kontrakt" narxlari arzonlashishi kutilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev telegram kanalida ma’lum qildi.

Bunga sabab super-kontrakt narxlari stipendiyasiz to‘lanadigan kontrakt miqdoriga nisbatan belgilanar ekan.

Shunchaki misol uchun:

O‘tgan yili super-kontrakt miqdori 11 million so‘mning 15 barobari, ya’ni 165 million so‘m etib belgilangan bo‘lsa, joriy yilda 1 yillik stipendiya miqdori (4,8 million so‘m) chegirib tashlanib, 6 million 200 ming so‘mning 15 barobari, ya’ni 93 million so‘m etib belgilanadi.

Boshqacha aytganda, super-kontrakt miqdorlari quyidagicha kamayadi:

10 barobarda - 48 million so‘mga;

15 barobarda - 72 million so‘mga;

20 barobarda - 96 million so‘mga;

25 barobarda - 120 million so‘mga.

Faqat birgina jihati, joriy yildan boshlab Davlat qabul komissiyasi super-kontraktning faqat minimum miqdorini belgilab beradi. Oliy ta’lim muassasalari shu minimumdan kam bo‘lmagan holatda super-kontrakt narxini o‘zlari mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ladi.

Lekin shunda ham baribir o‘tgan yilgidan arzonroq bo‘lsa kerak. Yana ham kim bilsin, kutaylikchi, bir gap bo‘lar.