Suv parisimi yoki mollyuska? Dengiz farishtasi (klion) suzayotgani aks etgan videotasvir Twitter foydalanuvchilarini “mo‘’jizaga ishonish”ga undadi
“Hech, qachon bunaqasini ko‘rmaganman. Suv parisi Rossiyadagi Oq dengiz muzlari ostida suzmoqda”, deb yozadi videoni joylashtirgan Mayk Udema.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z izohlarida g‘ayrioddiy mavjudot haqida his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi:
Kimdir: "Xudoyim, bu farishta-ku! Naqadar go‘zal, samoviy farishta, faqat muz ostida", - deb hayratda qolsa, boshqalar mollyuskaning “farishtadan” kelib chiqishi haqida bahslashishdi.
"Bu aslo farishta emas. Uning yamlamay yutishini qarang», - deb qarshi fikr bildirdi yana kimdir va mollyuska o‘z o‘ljasiga hujum qilib, konussimon «panja»larini chiqargani tasvirlangan videoni ilova qildi.
Dengiz farishtasi - suvda yashovchi yirtqich hayvon bo‘lib, boshqa mollyuskalar bilan oziqlanadi. Ulardan ba’zilari Shimoliy yarim sharning sovuq suvlarida yashaydi.